Welcome to muynak   Click to listen highlighted text! Welcome to muynak

Murojaatni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi

Qonunchilikka ko‘ra, davlat organi, tashkiloti yoki ularning mansabdor shaxsiga kelib tushgan murojaat shu kunning o‘zida, ish vaqti tugaganidan keyin kelib tushgan taqdirda esa, keyingi ish kunida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.

Murojaatni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat organlarida, tashkilotlarda murojaatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish daftari yuritilib, unda murojaatning tartib raqami va kelib tushgan sanasi, murojaat etuvchi jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), yuridik shaxsning nomi, murojaatning qisqacha mazmuni, ijrosi to‘g‘risidagi belgi, shuningdek, boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

Huquqiy manba: https://lex.uz/docs/3336169#3336496

Skip to content Click to listen highlighted text!