Konstitutsiya – inson huquqlarini ta’minlovchi asosiy hujjat
Mo‘ynoq tumani Madaniyat markazida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Mo‘ynoq tumani hokimi Baxtiyor Menglibekov, muassasa, korxona rahbarlari va tuman faollari ishtirok etdi.
Dastlab O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat madhiyalari yangradi.
So‘ng tuman hokimi Baxtiyor Menglibekov so‘zga chiqib, Konstitutsiya inson manfaati, uning huquq va erkinligi, sha’ni va qadr-qimmatini ta’minlovchi eng muhim huquqiy hujjat ekanligini ta’kidladi.
Ta’kidlanganidek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi 1993 yilda o‘n ikkinchi chaqiriq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining o‘n ikkinchi sessiyasida qabul qilingan.
Konstitutsiya mamlakatimiz fuqarolarining xohish-irodasini o‘zida aks ettiruvchi, inson huquq va erkinliklarini ta’minlovchi, davlat hokimiyati organlari faoliyatini tartibga soluvchi va ish yuritish prinsiplarini belgilovchi eng oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan Bosh qomusdir, dedi hokim B.Menglibekov. – Konstitutsiyaning alohida ahamiyatga molik jihati – uning mazmun-mohiyati va huquqiy kuchi to‘laligicha huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishga hamda inson manfaatlariga xizmat qilishga qaratilgan.
Tadbir Mo‘ynoq tumani Madaniyat bo‘limi xodimlari va 2-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi jamoasi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.
Уқсас жаңалықлар
“OSON” xizmatlar “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida
Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan biznes loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ularni moliyalashtirish tartibini belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror (10.07.2025-y., VMQ–426-son)
Tuman (shahar) adliya bo‘limlariga yuklatilgan vazifalar doirasida amalga oshiriladigan ishlar, aholining og‘irini yengillashtirish sohasidagi amaliyotlar