Unda «Aytishlaricha, Muynoq tumani Qazaqdarya ovulida joylashgan O’zbekiston FVVga tegishli korovnikga 3 avtobus maktab o’qituvchilari shanbalik qilishga etib borishdi» deyilgan.
Bu bo’yicha zudlik bilan tekshiruv olib borildi va maktab o’qituvchilari shanbalik qilishga olib borilgani haqidagi xabar tasdiqlanmadi.
Shu o’rinda aytish joyizki Bugungi kunda Mo’ynoq tumani «Qozoqdaryo» OFI hududi «og’ir hudud» dasturiga kiritilib, qurilish-obodanlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bu bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishda Mo’ynoq tumani hokimligi, gaz, suv, elektr energiyasi, telekommunikatsiya ta’minoti korxonalari, tuman obodonlashtirish boshqarmasi, toza hudud, tibbiyot birlashmasi ishchi guruh a’zolari safiga qo’shilgan.
Shu bilan birga «Qozoqdaryo» OFI hududida joylashgan 14-15-sonli umumta’lim maktablarining holatini o’rganish, o’qituvchi va o’quvchilarning murojatlarini tinglash maqsadida Mo’ynoq tumani Xalq ta’limi bo’limi boshlig’i M.Ametov xizmat safari bilan ushbu hududda bo’ldi.
«Qozoqdaryo» OFI Mo’ynoq tumani markazidan 92 km uzoqlikda joylashgan bo’lib, bu masofaga qatnash uchun biriktirilgan ishchi guruh korxona va tashkilotlarning xizmat avtomashinalari va tuman obodonlashtirish boshqarmasi xizmatkorlari uchun bir dona ISUZI markali avtobusi jalb etilgan.
Hurmatli ijtimoiy tarmoq faollari!
Tasdiqlanmagan va yolg’on xabarlarni tarqatganlik uchun huquqiy baho berilishini unutmang.
Mo’ynoq tumani hokimligining Matbuot xizmati
Уқсас жаңалықлар
“OSON” xizmatlar “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida
Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan biznes loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ularni moliyalashtirish tartibini belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror (10.07.2025-y., VMQ–426-son)
Tuman (shahar) adliya bo‘limlariga yuklatilgan vazifalar doirasida amalga oshiriladigan ishlar, aholining og‘irini yengillashtirish sohasidagi amaliyotlar