Welcome to muynak   Click to listen highlighted text! Welcome to muynak

Bolalarni xorijiy davlatlar hududida nazoratsiz qoldirganlik uchun qanday javobgarlik belgilangan?

2023 yil 15 martta O’zbekiston Respublikasining «O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish to’g’risida»gi O’RQ-823-son Qonuni qabul qilindi.
Mazkur Qonun bilan «Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga, O’zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual hamda Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodekslariga tegishli o’zgartirishlar kiritildi.
Hususan, bolalarni horijiy davlatlar hududida nazoratsiz qoldirganlik uchun javobgarlik belgilandi.
Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga kiritilgan qo’shimchasiga ko’ra, O’zbekiston fuqaroligiga ega bolani ota, ona yoki ularning o’rnini boshuvchi shaxs yohud hamrohlik qiluvchi shaxs tomonidan chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish, bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobaridan 50 barobarigacha (3 mln so’mnan 15 mln so’mga qadar ) miqdorda jarimaga tortish tartibi belgilandi.

Skip to content Click to listen highlighted text!