Welcome to muynak   Click to listen highlighted text! Welcome to muynak

“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2023-yilgi navbatdagi 2-ochiq stipendiya tanlovini e’lon qildi

Bu mavsumda bakalavriat, magistratura va doktoranturada taʼlim olish uchun 345 o‘rin ajratilgan, jumladan:

— bakalavriat taʼlim dasturi uchun 22 o‘rin;
— magistratura taʼlim dasturi uchun 193 o‘rin;
— doktorantura taʼlim dasturi uchun 130 o‘rin.

Stipendiya tanloviga nomzodlar hujjatlarini qabul qilish joriy yilning 10-oktyabridan 10-noyabriga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.

Skip to content Click to listen highlighted text!