Welcome to muynak   Click to listen highlighted text! Welcome to muynak

Moʻynoqliklar Toshkent viloyatida

Ayni damda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumani hokimi boshchiligidagi hokim yordamchilaridan tarkib topgan guruh Toshkent viloyatida boʻlib turibdi.
Dastlab Toshkent viloyati hokimligida mutasaddilar ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi. Unda Toshkent viloyati tomonidan Moʻynoq tumanida 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2024-yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Yigʻilishga boshchilik qilgan viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari Abdurasul Abdullayev viloyatimiz tadbirkorlariga Moʻynoq tumanida investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan tavsiyalarini bildirib oʻtdi. Shundan soʻng, Moʻynoq tumani hokimi Baxtiyar Menglibekov tadbirkorlarga yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar xususida atroflicha maʼlumot berdi.


Maʼlumot oʻrnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-24-fevral kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari hamda davlat rahbari boshchiligida 25-fevral kuni o‘tkazilgan 16-sonli majlis bayoniga asosan, Toshent viloyati hokimligiga Mo‘ynoq tumanini har tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga yordam berish vazifasi yuklatilgan edi.
Tuman aholisining turmush sharoitini yaxshilash, yashash farovonligini oshirish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida, umumiy qiymati 20,96 milliard so‘m bo‘lgan qator ijobiy ishlar bajarildi. Qiymati 75,5 milliard so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshirilishi natijasida, tumanda 7 ta tadbirkorlik subyektlari tashkil etilib, 318 ta aholining bandligi ta’minlandi.

Skip to content Click to listen highlighted text!