Welcome to muynak   Click to listen highlighted text! Welcome to muynak

RADDIYA: MO’YNOQDA SAKSAVUL VA O’TIN CHOPISHGA TOPSHIRIQ BERILMADI

Ijtimoiy tarmoqlarda Mo’ynoq tumani hokimi saksovul va o’tin chopayotgan tuman aholisiga tegmanglar deb, Ekologiya va atrof muhitni qo’riqlash bo’limiga topshiriq berganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Mo’ynoq tumani hokimligi Matbuot xizmati bu xabarga raddiya bildiradi.

Sababi, Mo’ynoq tumani hokimi tomonidan qabul qilingan qarorlar Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron shaffof tizimida chop etiladi.

Bugungi kunda bu tizimda Mo’ynoq tumani hokimining saksavul va o’tin chopayotgan tuman aholisiga tegmaslik bo’yicha normativ-huquqiy hujjati ro’yxatdan o’tmagan.

Skip to content Click to listen highlighted text!