Mo‘ynoq tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, 3-sektor rahbari Jamoliddin Yusupov va Prezidentning tumandagi Xalq qabulxonasi mudiri Davron Qalimbetov navbatdagi sayyor qabulini “Qozoqdaryo” ovul fuqarolar yig‘ini hududida o‘tkazdi.
Joylarda sektorlar rahbarlari tomonidan aholi hayotida duch kelayotgan masala va muammolarni o‘rganish va ularga ijobiy yechim topish maqsadida o‘tkazilayotgan sayyor qabullar o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.
Mo‘ynoq tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, 3-sektor rahbari Jamoliddin Yusupov va Prezidentning tumandagi Xalq qabulxonasi mudiri Davron Kalimbetovlar “Qozoqdaryo” qishlog‘i aholisining muammolarini o‘rganish va ularga ijobiy yechim topish maqsadida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.
Qabul davomida fuqarolar o‘zlarining ijtimoiy muammo va masalalari bilan murojaat qildi. Asosan bandlik, sog‘liqni saqlash, kam ta’minlangan xonadonlarga amaliy yordam, imtiyozli kredit, ichki yo‘llarni ta’mirlash kabi qator murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Bildirilgan murojaatlar joyida o‘rganilib, ko‘pchiligi ijobiy hal etildi, ayrim murojaat egalariga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, o‘rganish ishlariga vaqt talab etiladigan murojaatlar yechimi uchun muddat belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.
Albatta, o‘tkazilayotgan bunday tadbirlar xalqimiz hayotidagi muammolarni ijobiy hal etish orqali ularning bugungi kundan rozi bo‘lib yashashini ta’minlash va kelajakka bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Уқсас жаңалықлар
“OSON” xizmatlar “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida
Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan biznes loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ularni moliyalashtirish tartibini belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror (10.07.2025-y., VMQ–426-son)
Tuman (shahar) adliya bo‘limlariga yuklatilgan vazifalar doirasida amalga oshiriladigan ishlar, aholining og‘irini yengillashtirish sohasidagi amaliyotlar